“Muvaffaqiyat sari yol” mavzusida talabalar bilan uchrashuv o‘tkazildi.

  • Asosiy
  • “Muvaffaqiyat sari yol” mavzusida talabalar bilan uchrashuv o‘tkazildi.

Joriy yilning 28-aprel kuni Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti AKT sohasida kasb ta’limi fakulteti “Axborot ta’lim texnologiyalari” kafedrasi tomonidan Nizomiy nomidagi TDPU “Umumiy psixologiya” kafedrasi dosentlari, p.f.n. R. M. Abdullaeva va U.S. Saribaevalar bilan “Muvaffaqiyat sari yol” mavzusida talabalar bilan uchrashuv o‘tkazildi.

Mazkur uchrashuvda kafedra professor-o‘qituvchilari va talabalar faol ishtirok etishdi. Talabalar o‘zlarini qiziqtirgan savollariga psixologlar tomonidan kerakli javoblarni olishdi. Uchrashuv jarayonida talabalar psixologiyani o‘quv faoliyati, shaxsiy hayot, kelajakdagi mehnat faoliyatida qanchalik muhim ahamiyat kasb etishi to‘g‘risida yanada chuqurroq tushuncha va bilimlarga ega bo‘lishdi.