Mustaqillik bayrami arafasida eng yaxshi mualliflik materiallari uchun “Xalq so‘zi” va “Narodnoe slovo” gazetalari ijodiy tanlovi g‘oliblari taqdirlandilar.
Keng ko‘lamli islohotlar dasturining ahamiyatini ochib beruvchi eng yaxshi maqolalar g‘oliblari hakamlar hay’ati tomonidan aniqlandi.
Ijodiy tanlov g‘oliblari, dolzarb va rezonans tusga ega bo‘lgan maqola avtorlari orasida Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti rektori Maхkamov Baxtiyor Shuxratovich ham taqdirlandilar.
Avtorlarga vatanparvarlik ruhidagi faoliyatlari uchun minnatdorchilik so‘zlari bildirilib, diplom va sovg‘alar taqdim etildi.