Mustaqil O‘zbekiston himoyachilari mangu yodimizda

  • Asosiy
  • Mustaqil O‘zbekiston himoyachilari mangu yodimizda

Vatan himoyachilari kuni... bu kun erkin va ozod xalqning yangi, muqaddas bayrami. Mamlakatimiz ozodligi va mustaqilligining, zaminimizda tinchlik va osoyishtalikning ishonchli kafolati bo‘lgan milliy armiyamizning qutlug‘ ayyomi. Ushbu kunni yurtdoshlarimiz umumxalq bayrami sifatida keng nishonlashadi. Vatan himoyasiga kamarbasta bo‘layotgan yurt himoyachilariga hurmat va ehtirom ko‘rsatib, ulkan ishonch bildirishadi. Har bir davlatning mustaqilligi, xavfsizligi, sarhadlari daxlsizligi uning Qurolli kuchlari bilan bog‘liq. Shu bois istiqlolning ilk kunlaridanoq mamlakatimiz mudofaa salohiyatini kuchaytrish davlatimiz siyoatining eng ustuvor yo‘nalishlaridan biri sifatida belgilab olindi. O‘tgan yillar davomida amalga oshirilgan keng ko‘lamli islohotlar samarasini bugun mustaqil mamlakatimizning mustahkam qalqoniga aylangan qudratli Qurolli Kuchlari timsolida ko‘rib turibmiz.

Qurolli kuchlarimiz murakkab shakllanish yo‘lini bosib o‘tdi. Bu yo‘l o‘z hayotini milliy armiya bilan bog‘lagan, o‘z hayotini Vatan himoyasiga bag‘ishlagan ko‘pdan-ko‘p qalbi uyg‘oq insonlarning shon-sharaf yo‘li hamdir.

Kichik serjant Bakirov Ruslan Yakubovich ham ana shunday insonlardan biri edi. Ruslan Bakirov hayotini Vatan himoyasiga bag‘ishlagan, sadoqotli izmati bilan mardonovor yo‘lni boisb o‘tib, ayni kunda jasorati bilan yosh avlodga o‘rnak bo‘la oladigan mangu xotiraga aylandi. U yoshligidanoq sportga muxabbat qo‘yib, maktab yillaridayoq tengdoshlariga tanilib ulgurdi. Maktab keyin o‘qishini texnika yo‘nalishidagi kollejda davom ettirdi va harbiy xizmatga otlandi. Xizmatni tugatib, shartnoma asosida xizmatni davom ettirish uchun safda qoldi. Uning oilasi farzandiga yaqin bo‘lishi uchun Chirchiq shahriga ko‘chib ham keldi. Lekin Vatanimiz tinchligini ko‘ra olmaydigan g‘araz niyatli kuchlar bilan bo‘lgan jangovar harakatlarda ishtirok etib, 23 yoshida mardlarcha halok bo‘ldi.

13 yanvar kuni Toshkent axborot texnologiyalari universiteti rektori H.A. Muxitdinov boshchiligidagi guruh Ruslan Bakirov istiqomat qilgan Chirchiq shahri 3-mikrorayon, 41-a uy, 45-xonadonga tashrif buyurib, uning onasi Tamara Bakirova va ukasi Ravshan Bakirovni bayram bilan qutlashdi. Suhbat davomida R.Bakirov xotirasi yodga olindi. Ravshan Bakirov akasi haqida iliq xotiralarni yodga oldi.

Ruslan Bakirov xotirasi mangu, jasorati qalbimizdadir!

 

Mustaqil O‘zbekiston himoyachilari mangu yodimizda

 

Mustaqil O‘zbekiston himoyachilari mangu yodimizda

 

Mustaqil O‘zbekiston himoyachilari mangu yodimizda

 

Mustaqil O‘zbekiston himoyachilari mangu yodimizda

 

Mustaqil O‘zbekiston himoyachilari mangu yodimizda

 

Mustaqil O‘zbekiston himoyachilari mangu yodimizda