Mustafo (s.a.v.) mukofoti— Islom olamidagi eng nufuzli ilm-fan va texnologiya mukofotlaridan biri

  • Asosiy
  • Mustafo (s.a.v.) mukofoti— Islom olamidagi eng nufuzli ilm-fan va texnologiya mukofotlaridan biri

 

Mustafo mukofoti slom mamlakatlari (57 ta davlat) olimlarining ilmiy salohiyatini xalqaro miqyosda e’tirof etish, innovatsion tadqiqotlarni rag‘batlantirish hamda ilmiy hamkorlikni mustahkamlash maqsadida ta’sis etilgan xalqaro mukofotdir.

Mukofotning ahamiyati:
🔅 Ilm-fan orqali “bilim chegaralari”ni kengaytiruvchi va inson hayotini yaxshilashga xizmat qiladigan tadqiqotlar e’tirof etiladi.
🔅 Har bir yo‘nalish bo‘yicha g‘oliblarga medal, sertifikat va 500 000 AQSh dollari miqdoridagi pul mukofoti topshiriladi.

Mukofot Islom olamidagi ko‘zga ko‘ringan olimlarni e’tirof etish va jahon miqyosida ilmiy hamkorlik va taraqqiyotga zamin yaratish maqsadida 2012-yilda ta’sis etilgan.

➡️Yo‘nalishlar:
Mazkur mukofot quyidagi yo‘nalishlarda beriladi:
✔️ Tibbiyot fanlari va texnologiyalari;
✔️ Fundamental va muhandislik yo‘nalishlari.

📌 Nomzodlar universitetlar, ilmiy-tadqiqot markazlari, akademiyalar, texnoparklar hamda nufuzli olimlar tomonidan tavsiya etiladi.

🗓 Ariza topshirish muddati:
Mukofot uchun tanlovda ishtirok etish istagini bildirgan nomzodlar 2026-yil 20-fevralga qadar mustafaprize.org veb-sahifasi orqali ariza topshirishlari mumkin.