
2025-yil aprel oyi Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi tomonidan yurtimizda ilk bor “Muhandislik oyligi” deb eʼlon qilindi. Shu munosabat bilan, 8-aprel kuni Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universitetida “Muhandislik oyligi”ning tantanali ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi.
Mazkur marosimda Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vaziri Qoʻngʻirotboy Sharipov, Raqamli texnologiyalar vaziri Sherzod Shermatov, shuningdek, muhandislik yoʻnalishidagi oliy taʼlim muassasalari rahbarlari va professor-o‘qituvchilari ishtirok etdi.