Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universitetida muhandislik oyligi doirasida talabalar o‘rtasida fan olimpiadalari bo‘lib o‘tdi

  • Asosiy
  • Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universitetida muhandislik oyligi doirasida talabalar o‘rtasida fan olimpiadalari bo‘lib o‘tdi

Talabalarning bo‘sh vaqtini mazmunli o‘tkazish, ularning nazariy bilimlarini amaliy ko‘nikmalar bilan mustahkamlash maqsadida 30-aprel kuni TATUda ikki muhim fan bo‘yicha olimpiadalar tashkil etildi.

“Web Design & Development” fanidan fan olimpiadasi
Kompyuter injiniringi fakulteti masʼullari va Multimedia texnologiyalari kafedrasi professor-o‘qituvchilari tashabbusi bilan tashkil etilgan ushbu olimpiadada iqtidorli talabalar ishtirok etdi. Olimpiada yakunlariga ko‘ra quyidagi talabalar faxrli o‘rinlarni egalladi:

🥇 1-o‘rin — Quvvatova Sevinch Botir qizi, Kompyuter injiniringi fakulteti
🥈 2-o‘rin — Yuldashaliyev Akobir Azizjon o‘g‘li, Dasturiy injiniring fakulteti
🥉 3-o‘rin — Islomov Doniyorbek Dilshod o‘g‘li, Kompyuter injiniringi fakulteti

“Elektronika va sxemalar” fanidan fan olimpiadasi
Radio va mobil aloqa fakultetining Elektronika va radiotexnika kafedrasi tashabbusi bilan tashkil etilgan mazkur olimpiadada 1-, 2- va 3-bosqich talabalari ishtirok etishdi. Umumiy hisobda 35 nafardan ortiq talabalar o‘z bilim va ko‘nikmalarini sinovdan o‘tkazishdi.

Natijalar quyidagicha:
🥇 1-o‘rin — Xusanov Lochinbek Otabek o‘g‘li, Kompyuter injiniringi fakulteti, 213-23-guruh
🥈 2-o‘rin — Akbarov Alimurod Aziz o‘g‘li, Telekommunikatsiya texnologiyalari fakulteti, 430-22-guruh
🥉 3-o‘rin — Nomozov Suxrobjon Saydulla o‘g‘li, Televizion texnologiyalar fakulteti, 520-23-guruh
🥉 3-o‘rin — Toirbekov Ilyosbek Komiljon o‘g‘li, Telekommunikatsiya texnologiyalari fakulteti, 410-23-guruh

Tadbir davomida g‘oliblikka erisha olmagan, ammo yuqori natijalar ko‘rsatgan talabalar ham alohida e’tirof etildi.