“Muhandislik oyligi – 2026” — innovatsiya, texnologiya va yoshlarni birlashtirgan manzil!

  • Asosiy
  • “Muhandislik oyligi – 2026” — innovatsiya, texnologiya va yoshlarni birlashtirgan manzil!

 

 

 

“Muhandislik oyligi – 2026” — innovatsiya, texnologiya va yoshlarni birlashtirgan manzil!

Bugundan start olgan “Muhandislik oyligi – 2026” yoshlarni ilm-fan va texnologiyalarga keng jalb etish, ularning intellektual va ijodiy salohiyatini ro‘yobga chiqarish hamda zamonaviy kasblarga yo‘naltirishga xizmat qiluvchi muhim maydonga aylandi.

Oylik doirasida o‘tkazilayotgan “Oliygoh kubogi” musobaqalari yuqori saviyada, keskin raqobat asnosida qizg‘in kechmoqda.

Shuningdek, oliygohlarda:
🔹 innovatsion tanlov va xakatonlar;
🔹 muhandislik ishlanmalari ko‘rgazmalari;
🔹 startaplar taqdimotlari;
🔹 mahorat darslari;
🔹 xalqaro ekspertlar ishtirokidagi ochiq leksiyalar tashkil etildi.

Ushbu tadbirlar yoshlarning nazariy bilimlarini amaliyot bilan uyg‘unlashtirib, ularning real loyihalar ustida ishlashiga keng imkoniyat yaratadi.

🚀 Ayniqsa, dron reysing va robototexnika musobaqalari o‘quvchi-yoshlarning texnik yo‘nalishlarga bo‘lgan intilishini yanada kuchaytirdi.

Eng qizg‘in tadbir va bellashuvlar esa oldinda! Aprel oyi davomida 30 dan ortiq oliygohlarda robototexnika, dron texnologiyalari, sun’iy intellekt, kiberxavfsizlik, mashinasozlik kabi yo‘nalishlarda tanlov va musobaqalar tashkil etiladi.