Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev poytaxtimizning Olmazor tumanidagi “Inno” innovatsion o‘quv-ishlab chiqarish texnoparkiga tashrif buyurib muhandislik ta’limi bo‘yicha takliflar hamda ilg‘or ishlanmalar bilan tanishdi. (https://president.uz/oz/lists/view/7332)
Texnoparkda Toshkent davlat texnika universiteti, Toshkent axborot texnologiyalari universiteti, Buxoro muhandislik-texnologiya instituti, Toshkent davlat Transport universiteti, Farg‘ona politexnika instituti va Toshkent arxitektura-qurilish universiteti huzurida tashkil etilayotgan oliy muhandislik maktablari taqdimoti o‘tkazildi.