Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti hamda Koreya Respublikasining KOICA agentligi hamkorligida amalga oshirilayotgan “Integratsiyalashgan universitet tizimini tashkil etish va taqdim etish” grant loyihasi doirasida inson resurslarini rivojlantirish va salohiyatni oshirishga bag‘ishlangan seminar-trening dasturlarining yopilish marosimi bo‘lib o‘tdi.

  • Asosiy
  • Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti hamda Koreya Respublikasining KOICA agentligi hamkorligida amalga oshirilayotgan “Integratsiyalashgan universitet tizimini tashkil etish va taqdim etish” grant loyihasi doirasida inson resurslarini rivojlantirish va salohiyatni oshirishga bag‘ishlangan seminar-trening dasturlarining yopilish marosimi bo‘lib o‘tdi.

Joriy yilning 28-iyun kuni Koreya Respublikasining KOICA agentligi bilan hamkorlikda Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti va uning barcha filiallari hodimlari uchun tashkil etilgan “Inson resurslarini rivojlantirish va salohiyatni oshirishga” bag‘ishlangan seminar-trening dasturlarining yopilish va qatnashchilarni taqdirlash marosimi o‘tkazildi.

Tadbirda Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti rahbariyati va Koreya Respublikasining KOICA agentligi direktori Sunjin Park honim boshchiligidagi vakillari ishtirok etdilar.

Ushbu axborot tizimi TАTU va uning Samarqand filiali uchun “Integratsiyalashgan universitet axborot tizimini tashkil etish va taqdim etish” (2018-2022 3 mln.$) grant loyihasi doirasida tashkil etilgan bo‘lib, AKTdan foydalangan holda oliy ta’lim salohiyati va sifatini oshirishga qaratilgan. Loyiha davomida yaratilgan integratsiyalashgan ta’lim tizimini ishga tushirish marosimi joriy yilning 7 may kuni bo‘lib o‘tdi.

Loyiha nafaqat ta’lim va axborot tizimini yaratish balki tizim boshqaruvchilari va foydalanuvchilarining salohiyatini oshirishni ham o‘z ichiga olgan. Inson resurslarini rivojlantirish va salohiyatni oshirishga bag‘ishlangan seminar-treninglar Dain Leaders kompaniyasi tomonidan tashkil etilib, Janubiy Koreyaning Seul raqamli universiteti, Koreya kiber universiteti va boshqa yetakchi oliy ta’lim muassasalarining yetuk professor va mutaxassislari 20 kun davomida Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti va uning hududiy filiallaridan 30 dan ortiq professor-o‘qituvchilar, mutaxassis va hodimlariga quyidagi yo‘nalishlarda jahon tajribasi va Koreya amaliyotidan kelib chiqqan holda treninglar o‘tkazdilar:

  • Infratuzilmani boshqarish LMS/SIS tizimlari bilan tanishish va ulardan foydalanish.
  • Muxandislik uchun umumiy o‘quv rejasini tuzish va rejalashtirish;
  • Ta’lim jarayonini raqamlashtirish va buning uchun innovatsion yechimlarni qo‘llash;
  • O‘quv dasturlar va ta’lim kontentlarini shakllantirishda zamonaviy usullarni qo‘llash;
  • Raqamli universitet va elektron ta’lim tizimini boshqarish
  • Elektron ta’lim tizimi media markazini boshqarish
  • Elektron ta’lim platformalari uchun ta’lim kontentlarini shakllantirishning ilg‘or yechimlaridan foydalanish;
  • Oliy ta’lim tizimi uchun masofaviy ta’lim shaklini amalga oshirish bo‘yicha dunyo amaliyoti, Koreya tajribasi va boshqalar.

KOICA Toshkent axborot texnologiyalari universiteti bilan AKT sohasida mutaxassislarni tayyorlash va universitetning salohiyatini oshirish bo‘yicha hamkorlikni davom ettiradi.

 

TATU matbuot xizmati