Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universitetiga Janubiy Koreya KOICA agentiligining O‘zbekistondagi vakolatxonasi direktori Park Sun Jin xonim boshchiligidagi delegatsiya tashrif buyurdi.

  • Asosiy
  • Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universitetiga Janubiy Koreya KOICA agentiligining O‘zbekistondagi vakolatxonasi direktori Park Sun Jin xonim boshchiligidagi delegatsiya tashrif buyurdi.

2021-yil 28-iyun kuni Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universitetiga KOICA agentiligining O‘zbekistondagi vakolatxonasi direktori Park SunJin xonim boshchiligidagi delegatsiya tashrif buyurdi. Mehmonlarni TATU rektori Maxkamov Baxtiyor Shuxratovich boshchiligida Ilmiy ishlar va innovatsiyalar bo‘yicha prorektor – Komil Tashev va Xalqaro hamkorlik bo‘limi boshlig‘i Jamshid Sultanov kutib oldilar.

Tashrif hamkorlikning muhim masalalarini muhokamasiga bag‘ishlangan muzokaralar bilan boshlandi. Unda hamkorlik ko‘lamini oshirish, yangi loyihalarni birgalikda amalga oshirish, TATU va uning filiallarida ta’limning ilg‘or texnologiyalari va yechimlarini qo‘llash masalalari muhokama etildi.

Uchrashuvning asosiy masalasi - TАTU va uning Samarqand filiali uchun “Integratsiyalashgan universitet axborot tizimini tashkil etish va taqdim etish” grant loyihasi hisoblanadi. Mazkur loyihani joriy etishning so‘nggi bosqichlari, ishlab chiqilgan axborot tizimlarini jadal tadbiq etish masalalari muhokama qilindi. Uchrashuvda tomonlar kelgusi rejalar va istiqbolli loyihalari haqida fikr almashdilar.

 

TATU matbuot xizmati