28-mart kuni Muhammad al-Xorazmiy nomidagi TATU Urganch filiali talabalari uchun “Raqamli texnologiyalar sohasida yoshlarga yaratilgan imkoniyatlar hamda kelajakda munosib kasbga ega bo‘lish yuzasidan tavsiyalar” mavzusida amaliy seminar-trening bo‘lib o‘tdi.
Ushbu seminarda xalqaro IT-sertifikatlar hamda xorijiy tillarni bilish darajasini belgilovchi milliy va xalqaro tan olingan sertifikatlarni olishlari uchun yoshlarga yaratilgan imkoniyatlar mavzularida taqdimot o‘tkazildi. Shuningdek, Xalqaro IT kompaniyalarga ishga joylashishdagi tartib qoidalar bo‘yicha maslahatlar berildi. Seminar yakunida talaba-yoshlar tomonidan berilgan savollarga batafsil javob berildi.
TATU Urganch filiali matbuot xizmati (https://t.me/UBTUIT_official)