👥Muhammad al-Xorazmiy nomidagi TATU "Tizimli va amaliy dasturlashtirish" hamda "Teleradioeshittirish tizimlari" kafedralari mudirlari "Seminar on Technologies of Blockchain and Information Security for Developing Countries" seminarida ishtirok etmoqda.

  • Asosiy
  • 👥Muhammad al-Xorazmiy nomidagi TATU "Tizimli va amaliy dasturlashtirish" hamda "Teleradioeshittirish tizimlari" kafedralari mudirlari "Seminar on Technologies of Blockchain and Information Security for Developing Countries" seminarida ishtirok etmoqda.

👥Muhammad al-Xorazmiy nomidagi TATU "Tizimli va amaliy dasturlashtirish" hamda "Teleradioeshittirish tizimlari" kafedralari mudirlari Kamil Kerimov va Alisher Berdiyevlar Xitoy Xalq Respublikasining Uxan shahrida o‘tkazilayotgan "Seminar on Technologies of Blockchain and Information Security for Developing Countries" seminarida ishtirok etmoqda.

✅ Ushbu dasturga O‘zbekiston, Yaman, Janubiy Afrika, Tanzaniya, Afg‘oniston, Kambodja, Eron, Nepal va Ozarbayjon davlatlaridan turli soha mutaxassislari hamda muhandislari taklif qilingan.

🗒Ma’lumot uchun: ushbu seminar global Blockchain texnologiyalari, axborot xavfsizligi hamda ushbu sohadagi innovatsion yechimlar, Blockchain tizimida kriptografiya, sun’iy intellekt va Big Data hamda Blockchain texnologiyalari integratsiyasi, shuningdek, telekommunikatsiyada innovatsion yechimlar sohalari bo‘yicha malaka oshirishga mo‘ljallangan bo‘lib, Xitoyning "Wuhan Research Institute of Post and Telecommunications" instituti tomonidan tashkil etilgan.