Muhammad al-Xorazmiy nomidagi TATU professor-o‘qituvchilari xalqaro mukofotga sazovor bo‘ldi!

  • Asosiy
  • Muhammad al-Xorazmiy nomidagi TATU professor-o‘qituvchilari xalqaro mukofotga sazovor bo‘ldi!

Universitetimiz Axborot-kutubxona tizimlari kafedrasi professor-o‘qituvchilari Marat Raxmatullaev, Sergey Arakelov va Sherbek Normatov tomonidan taqdim etilgan “Organization of training courses on AI and scientometrics for librarians of Uzbekistan with the help of the national center IIOE” loyihasi UNESCO-ICHEI tomonidan e’lon qilingan 2025 IIOE Higher Education Digitalisation Pioneer Case Award tanlovi natijalariga ko‘ra g‘olib deb topildi.

🏆Ushbu xalqaro e’tirof TATU ilmiy salohiyatining yanada oshib borayotganini, professor-o‘qituvchilarimizning zamonaviy ilm-fan va innovatsion ta’lim jarayoniga qo‘shayotgan hissasi yuksak baholanayotganini yaqqol ko‘rsatadi.

✅Mazkur mukofotni topshirish marosimi Singapur shahrida, 2025 Global Green Development and Healthy Lifestyle Promotion Summit doirasida o‘tkazilmoqda. Unda Axborot-kutubxona tizimlari kafedrasi mudiri Sherbek Normatov universitetimiz nomidan ishtirok etmoqda.

🥳TATU jamoasini ushbu yirik yutuq bilan tabriklaymiz va kelgusidagi faoliyatlariga ulkan muvaffaqiyatlar tilaymiz!