Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universitetiga Janubiy Koreyaning KOICA agentligining O‘zbekistondagi vakolatxonasi delegatsiyasi tashrif buyurdi.

  • Asosiy
  • Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universitetiga Janubiy Koreyaning KOICA agentligining O‘zbekistondagi vakolatxonasi delegatsiyasi tashrif buyurdi.
Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universitetiga Janubiy Koreyaning KOICA agentligining O‘zbekistondagi vakolatxonasi delegatsiyasi tashrif buyurdi.
 
 
2021-yil 14-oktabr kuni Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universitetiga KOICA agentligining O‘zbekistondagi vakolatxonasi direktor o‘rinbosari HyonYon Jo xonim boshchiligidagi delegatsiya tashrif buyurdi. Mehmonlarni Ilmiy ishlar va innovatsiyalar bo‘yicha prorektor – Komil Tashev va Xalqaro hamkorlik bo‘limi boshlig‘i Jamshid Sultanov kutib oldilar.
 
Tashrif hamkorlikning muhim masalalarini muhokamasiga bag‘ishlangan muzokaralar bilan boshlandi. Uchrashuv Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti va uning Samarqand filiali uchun “Integratsiyalashgan universitet axborot tizimini tashkil etish va taqdim etish” grant loyihasiga bag‘ishlangan bo‘lib, unda mazkur loyihani joriy etishning so‘nggi bosqichlari, ishlab chiqilgan axborot tizimlarini jadal tadbiq etish masalalari muhokama qilindi.
 
Uchrashuvda tomonlar kelgusi rejalar va istiqbolli loyihalari haqida fikr almashdilar.