🙋 Universitetimizning Kompyuter injiniringi fakulteti mas’ullari Muhammad al-Xorazmiy nomidagi ixtisoslashtirilgan maktabiga "Dasturlashni o‘qitishda muammo va yechimlar" nomli seminar-trening o‘tkazish uchun tashrif buyurdi.
🗒 Seminar-trening davomida maktablarda informatika va dasturlash fanlarini o‘qitish, o‘quvchi-talabalarni dasturlashga o‘qitishdagi zamonaviy va innovatsion yondashuvlar, imkoniyatlar, IT sohasida bo‘lajak dasturchilarni tayyorlashda raqobatli dasturlash yondashuvlaridan foydalanish, o‘quvchi-talabalarni mahalliy va xalqaro nufuzli olimpiadalarga tayyorlash, birgalikda qo‘llanmalar yaratish kabi masalalar muhokama qilindi.