Bugun, 23-aprel kuni Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universitetiga Moskva aloqa va informatika texnika universiteti (МТУСИ) rektori, professor Sergey Dmitrievich Eroxin boshchiligidagi delegatsiya tashrif buyurdi.

  • Asosiy
  • Bugun, 23-aprel kuni Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universitetiga Moskva aloqa va informatika texnika universiteti (МТУСИ) rektori, professor Sergey Dmitrievich Eroxin boshchiligidagi delegatsiya tashrif buyurdi.

Dastlab delegatsiya aʼzolari universitetning ilmiy laboratoriyalari, zamonaviy infratuzilmasi hamda talabalar uchun yaratilgan sharoitlar bilan yaqindan tanishdilar. Shundan so‘ng ikki tomon o‘rtasida talabalar va professor-o‘qituvchilar almashinuvi, doktorantura o‘qish, malaka oshirish, ilmiy forumlar va qo‘shma nashrlar kabi yo‘nalishlarda hamkorlik aloqalarini rivojlantirish masalalari muhokama qilindi.

📝 Shuningdek, o‘zaro manfaatli hamkorlik doirasida akademik va ilmiy integratsiyani kuchaytirish maqsadida qo‘shma tashabbuslarni yo‘lga qo‘yish, xususan, xalqaro loyihalarda ishtirok etish hamda qo‘shma ilmiy tadqiqotlar olib borish bo‘yicha dastlabki kelishuvlarga erishildi.