2 iyul kuni Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universitetida xalqaro xamkorlik doirasida “Mobil ilovalarni yaratish” mavzuida o‘quv-trening kursining ochilish marosimi bo‘ldi.
29 iyun – 13 iyul kunlari “Mobil ilovalarni yaratish” mavzuida o‘quv-trening kursini tashkil etish uchun Koreya milliy transport universiteti (KNUT) va TATU o‘rtasida imzolanagan Memorandum asosida 10 nafar talaba va 2 nafar professordan tashkil topgan ko‘ngillilar delegatsiyasi TATUga tashrif buyurdi. Ko‘ngillilar tomonidan TATU talabalari va Toshkent axborot texnologiyalari kasb hunar kolleji va Toshkent aloqa kasb hunar kolleji o‘quvchilari uchun o‘quv-trening kurslari tashkil etilmoqda.
Ushbu kursining maqsadi – universitet talabalari, Toshkent axborot texnologiyalari kasb-hunar kolleji va Toshkent aloqa kasb-hunar kolleji o‘quvchilari uchun “Android operatsion tizimi uchun ilovalarni yaratish, Mobil ilovalarni yaratish, Arduino asosida Robototexnika qurilmalar bilan ishlashga oid yangi bilim va ko‘nikmalarni shakllantirishdan iborat.
Eslatib o‘tamiz, yurtimizda AKT sohasida amalga oshirilayotgan keng islohotlar doirasida 2013 yilda Toshkent axborot texnologiyalari universitetida Janubiy Koreyaning milliy transport universiteti tomonidan o‘zaro anglashuv Memorandum imzolangan bo‘lib, ushbu memorandum asosida “Mobil ilovalarni yaratish” mavzuida o‘quv-trening kurslari har yili tashkil etib kelinmoqda.