Dear professors and students

  • Asosiy
  • Dear professors and students
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarori bilan, O‘zbekiston “Kamolot” yoshlar ijtimoiy harakati Vasiylik Kengashining 2015 yil 16 dekabrdagi 65-sonli majlis bayoni bilan tasdiqlangan “O‘zbekiston Respublikasi 2016 yilda yoshlarga oid davlat dasturini amalga oshirishga qaratilgan qo‘shimcha chora-tadbirlar dasturi”ning 82-bandiga muvofiq, axborot-kommunikatsiya texnologiyalari va sohasida milliy internet segmentini rivojlantirish sohasida faoliyat yuritayotgan yoshlarni qo‘llab-quvvatlash maqsadida “MIT.uz” – milliy internet tanlovini o‘tkazish belgilangan. Tanlov tashkilotchilari tomonidan joriy yilda yoshlarning taklif va istaklarini inobatga olgan holda, uni keng qamrovli loyiha sifatida, jumladan, yosh dasturchilar, dizaynerlar, shuningdek, robototexniklar uchun turli tanlovlarni tashkil etish taklifi bildirilgan bo‘lib, ushbu tanlov doirasida “MITUZ Hackathon - 2016”, MITUZ Robot Wars – 2016, MITUZ Programming Contest – 2016 tanlovlarini o‘tkazish ham belgilangan.
Tanlovning “MITUZ PROGRAMMING CONTEST – 2016” tanlovi 10 DЕKABRDA TATUda o‘tkaziladi. Ushbu tanlovda ishtirok eting va o‘z iqtidoringizni namoyon qiling! Tanlov g‘oliblari qimmatbaho sovg‘alar bilan taqdirlanadi!
Qo‘shimcha ma’lumot uchun http://challenge.mit.uz/ saytiga murojaat qiling!