O‘zbekistonlik #SeedsForTheFuture ta’lim dasturi ishtirokchilari Dubayda bo‘lib o‘tgan mintaqaviy #TECH4GOOD tanlovida g‘olib chiqdi.

  • Asosiy
  • O‘zbekistonlik #SeedsForTheFuture ta’lim dasturi ishtirokchilari Dubayda bo‘lib o‘tgan mintaqaviy #TECH4GOOD tanlovida g‘olib chiqdi.

O‘zbekistonlik #SeedsForTheFuture ta’lim dasturi ishtirokchilari Dubayda bo‘lib o‘tgan mintaqaviy #TECH4GOOD tanlovida g‘olib chiqdi.

O‘zbekistonlik sakkiz nafar talabadan iborat “Techno Mind” jamoasi “Aquatibia” loyihasini taqdim etgan holda #TECH4GOOD eng yaxshi loyihasi tanlovida birinchi o‘rinni egalladi. 14-sentabr kuni Dubay shahrida #Huawei Seeds For The Future flagman ta’lim dasturining ikkinchi bosqichi doirasida mintaqaviy tanlovning finali bo‘lib o‘tdi. Musobaqada Ozarbayjon, Iordaniya, Qozog‘iston, Qatar, Mo‘g‘uliston va BAAdan 6 ta jamoa bilan bir qatorda O‘zbekiston jamoasi ham ishtirok etdi.
Loyihada Toshkent Axborot Texnologiyalari Universiteti, Toshkent shahridagi Inha Universiteti, Toshkent shahridagi Amiti Universiteti, Toshkent shahridagi Kimyo Xalqaro Universiteti va Yangi O‘zbekiston Universiteti talabalari g‘olib deb topildi. Techno Mind #TECH4GOOD global tanlovida bosh sovrin – 100 000 AQSh dollari miqdoridagi loyihani moliyalashtirish uchun qatnashish imkoniyatini qo‘lga kiritdi.