“Falsafa” o‘quv fanlari doirasida tashkil etilib, “Diniy va milliy qadriyatlarga akseologik yondashuv” mavzusida o‘tkazildi.

  • Asosiy
  • “Falsafa” o‘quv fanlari doirasida tashkil etilib, “Diniy va milliy qadriyatlarga akseologik yondashuv” mavzusida o‘tkazildi.

2023-yil 25-aprel kuni TATU Nurafshon filiali Gumanitar fanlar kafedrasi tashabbusi bilan 1-bosqich bakalavriat yo‘nalishi talabalari uchun ko‘chma o‘quv mashg‘ulotlari o‘tkazildi. Mashg‘ulotlar “Dinshunoslik”, “O‘zbekiston tarixi”, “Falsafa” o‘quv fanlari doirasida tashkil etilib, “Diniy va milliy qadriyatlarga akseologik yondashuv” mavzusida o‘tkazildi.

📝 Mashg‘ulotlar Toshkent shahrida joylashgan “Hazrati Imom” (Hastimom) majmuasida olib borildi. Ko‘chma mashg‘ulotlarda Gumanitar fanlar kafedrasi mudiri D.Raxmonov, kafedra jamoasi a’zolaridan dotsent A.Sanaqulov, katta o‘qituvchi Z.Kasimova, assistent I.Mambetova, o‘qituvchi-stajyor S.Bobamurodova, t’yutor O.Daniyarov va talaba-yoshlar qatnashdilar.

🔎 Ko‘chma mashg‘ulot davomida kafedra mudiri D.Raxmonov “Qadriyatlar falsafasi” xususida, dosent A.Sanaqulov “Diniy qadriyatlar” bo‘yicha, katta o‘qituvchi Z.Kasimova “Milliy va umuminsoniy qadriyatlar” bo‘yicha talabalarga qiziqarli ma’lumotlar berishdi.