"Talaba-qizlarni milliy qadriyatlar ruhida tarbiyalash" mavzusida seminar tashkil qilindi.

  • Asosiy
  • "Talaba-qizlarni milliy qadriyatlar ruhida tarbiyalash" mavzusida seminar tashkil qilindi.

2023-yil 27-oktyabr kuni O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi tomonidan Termiz Davlat Universitetida "Talaba-qizlarni milliy qadriyatlar ruhida tarbiyalash" mavzusida seminar tashkil qilindi.

Seminarda Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi Yoshlar  siyosati, ma’naviy-tarbiyaviy ishlar boshqarmasi mutaxassisi D.Solixo‘jayeva ishtirok etib, hozirgi kunda qizlar o‘rtasida kuzatilayotgan muammolar, suitsid holatlari tahlili,  talaba-qizlar o‘rtasidagi jinoyatchilik holatlari va ularni bartaraf etish yuzasidan tavsiyalar berib o‘tdi.


  Ushbu seminarda TATU Xotin-qizlar Maslahat Kengashi raisi  X.Sultanova qatnashib, universitetda Xotin-qizlar kengashi tomonidan olib borilayotgan ishlar yuzasidan taqdimot qildi.