
“Milliy liboslar –milliy qadriyatlar bezagi” shiori ostida Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universitetida 2025-yil 11-fevral “Milliy liboslar kuni“ deb e’lon qilinadi.
🖼️ Ushbu kun munosabati bilan eng kreativ fotolar va videoroliklar tanlovini e’lon qilamiz. Bunda sizni chellenjlarda va fleshmoblarda oʻz faolligingizni namoyon etishingizni soʻrab qolamiz. Eng faol ishtirok etgan va milliylikni kreativ tarzda taqdim etgan fakultetlar taqdirlanadilar. Foto va videolaringizni 11-fevral soat 14:00 ga qadar @sultanova75 telegram manziliga yuboring.
💃 11-fevral kuni barchangizni milliyligimiz ramzi boʻlmish Atlas, Beqasam, Banoras va Adras matolaridan tikilgan milliy liboslarda kutamiz.