
Tashrif davomida Milliy kutubxona vakillari universitetning ilmiy-o‘quv laboratoriyalari, O‘quv Media markazi va Axborot-resurs markazi faoliyati bilan yaqindan tanishdi. Uchrashuv chog‘ida tomonlar o‘quv va ilmiy tadqiqot jarayonlarida axborot ta’minotining o‘rni, kutubxona sohasida malakali IT mutaxassislarini tayyorlashning dolzarb masalalarini muhokama qildilar. Aloqalarni yanada kengaytirish maqsadida hamkorlik kelishuvi imzolandi.
✅ Shuningdek, Milliy kutubxona vakillariga Axborot-kutubxona tizimlari kafedrasida olib borilayotgan loyihalar taqdimoti o‘tkazildi. Tashrif so‘ngida Alisher Navoiy nomidagi O‘zbekiston Milliy kutubxonasi direktori Teshaboyeva Umida Alimjonovna va universitet talabalari ishtirokida motivatsion davra suhbati tashkil etildi.
🔘O‘tkazilgan muloqotda sohadagi so‘nggi yangiliklar, kutubxonachilik kasbiga qo‘yilayotgan zamonaviy talablar hamda sun’iy intellektning kutubxona jarayonlariga bo‘lishi mumkin bo‘lgan ta’siri muhokama qilindi.