Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti professor-o‘qituvchilari ishtirokida "O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyaga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida"gi Konstitutsiyaviy qonuni loyihasi yuzasidan "Mening Konstitutsiyam - baxtimiz kafolati" shiori ostida davra suhbati o‘tkazildi.
Davra suhbatiga Toshkent davlat yuridik universiteti, Davlat va huquq nazariyasi kafedra mudiri Muratayev Serikbek Alpamisovich tashrif buyurib, tinglovchilarga Konstitutsiyaga qo‘shimcha va o‘zgartirishlar kiritish bo‘yicha taqdimot namoyish etdi.