14 aprel kuni Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti hamda Toshkent shahridagi 10 nafar umumta’lim maktablari o‘rtasida hamkorlik memorandumi imzolandi.
O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi va O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi xamkorligida joriy yilning 29 mart kuni imzolangan “Toshkent shahridagi oliy ta’lim muassasalari va umumta’lim maktablari o‘rtasidagi hamkorlikni yanada mustahkamlash to‘g‘risida”gi qo‘shma qarori ijro yuzasidan o‘tkazilgan ushbu uchrashuvda universitet hamda umumta’lim maktablari rahbariyati vakillari ishtirok etdilar. Uchrashuvda memorandum imzolanishi bilan birga kelgusida hamkorlikda amalga oshiriladigan ishlar rejasi ham tasdiqlandi.