Mehribonlik uyi bo'yicha tadbirlar.

  • Asosiy
  • Mehribonlik uyi bo'yicha tadbirlar.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 9-avgustdagi "Yetim bolalar va ota-ona qaramog‘idan mahrum bo‘lgan bolalarni tarbiyalashning tubdan yangilangan tizimini joriy etish chora-tadbirlari to‘g‘risida"gi PQ-5215-son qaroriga asosan Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universitetining Yunusobod tumanidagi 21-Mehribonlik uyi bo‘yicha olib borilayotgan tadbirlari.
 
TATU professor-o‘qituvchilari tomonidan 21-sonli mehribonlik uyi tarbiyalanuvchilarining qiziqishlari va hoxish istaklaridan kelib chiqqan holda, madaniy hordiq chiqarish hamda IT sohasi bilan yaqindan tanishtirish, uning asosi va tarixi xaqida ma’lumot berish maqsadida, shahrimizning “Aloqa tarixi” muzeyiga tashrif uyushtirildi.