Mehr va e’tibor kuni

  • Asosiy
  • Mehr va e’tibor kuni

Bu kun — mehr-shafqat, insonparvarlik va jamiyatda har bir insonning munosib o‘rni borligini eslatib turadigan muhim sanadir.

🏛 Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universitetida 3-dekabr – Xalqaro nogironlarni himoya qilish kuni munosabati bilan bayram tadbiri bo‘lib o‘tdi.

🤔 Ushbu tadbir nafaqat bayramona muhit yaratish, balki mehr-oqibat va birdamlik tamoyillarini yanada mustahkamlashga qaratildi.

✨ Tadbir davomida Universitet professor-o‘qituvchilari va talaba-yoshlari ishtirokida samimiy uchrashuvlar tashkil etilib bunda:
✍️ Talaba-yoshlarga turli esdalik sovg‘alari ulashildi.
✍️ Dasturxon tuzalib, bayramona suhbatlar olib borildi.

✅ Xalqaro nogironlar kuni bizga barcha insonlarning jamiyatda munosib o‘rin egallashi, ularga e’tibor va mehr ko‘rsatish naqadar muhimligini anglatadi.

🤝 Inson qadri — eng ulug‘ qadriyat.