
Joriy yilning 10-iyul kuni, “Dolzarb 90 kun” loyihasi va “Yoshlar bandligi oyligi” doirasida, Universitet bitiruvchi talabalarning mustaqil hayotga qadam qo‘yishlari, ta’lim va bandlik sohalarida o‘z iqtidori va salohiyatini to‘liq namoyon etishlari uchun sharoitlarni kengaytirish, ularning bandligiga ko‘maklashish, talabalarni kelajakda kasbiy faoliyatiga qiziqishlarini yanada kuchaytirish va potensial ish beruvchilar bilan ularni to‘g‘ridan-to‘g‘ri aloqasini yo‘lga qo‘yishga ko‘maklashish maqsadida, 💼 "Mehnat yarmarkasi" tashkil etildi.
⭐️Ushbu yarmarkada, yurtimizda faoliyat olib borayotgan "O‘zmilliybank"AJ, Texnopark, Agrobank.ATB, Korzinka, Kapitalbank.ATB, Artel Electronics, Aloqabank.ATB, "O‘zbektelekom"AK, Poytaxt bank.AJ, "Sharqtelekom", Xalqbanki.ATB va shu kabi 50 dan ortiq nufuzli kompaniya va tashkilotlar o‘zlarining bo‘sh ish o‘rinlari va stajirovka dasturlari bilan ishtirok etishdi.
✔️ Bunda talabalar o‘zlarini qiziqtirgan kompaniyalar faoliyati hamda ular taklif qilayotgan ish o‘rinlari to‘g‘risida batafsil ma’lumot oldilar. Shuningdek, mehnat yarmarkasi davomida o‘zlarini qiziqtirgan kompaniyalar bilan shartnomalar imzolab, zahira ish o‘rinlariga yozildilar.
📝 Bundan tashqari, "Mehnat yarmarkasi" doirasida “Kelajakka qadam” dasturi bo‘yicha “O‘zmilliybank” AJ tomonidan taqdim etilayotgan moliyaviy xizmatlar paketi hamda bitiruvchilarning startap va biznes loyihalarini moliyalashtirish tartibi yuzasidan batafsil ma’lumotlar berildi.