Mehnat va ta'lim yarmarkasiga taklif etamiz!

  • Asosiy
  • Mehnat va ta'lim yarmarkasiga taklif etamiz!

✅ IT sohasida mavjud ish oʻrinlari bilan tanishish uchun Mehnat va ta’lim yarmarkasiga tashrif buyuring

IT olamida mavjud oʻquv dasturlari va ish oʻrinlari bilan tanishmoqchimisiz? Unda Sizni 20-aprel kuni Raqamli texnologiyalar vazirligida boʻlib oʻtuvchi Mehnat va ta’lim yarmarkasiga taklif etamiz!

📝 Yarmarkada IT-ta’lim xizmatlarini taqdim etuvchi oliygohlar, oʻquv markazlari, mahalliy va xalqaro IT-korxonalar va boshqa tegishli kompaniyalar oʻzlarida mavjud qator imkoniyatlar haqida ma’lumot beradi.

Shuningdek, tadbir davomida IT sohasida muvaffaqiyatli faoliyat yuritib kelayotgan mutaxassislar ham amaliy tavsiyalar berib o‘tadi.

🗓 Oʻtkazib yubormaslik uchun yarmarka sanasi va vaqtini eslab qoling: 20-aprel, 10:00-17:00.

📄Yarmarka uchun roʻyxatdan oʻtish: https://forms.gle/xAXmYN9wS2YC6XP59