Muhammad al-Xorazmiy nomidagi TATU universitetida 2010 yildan buyon mehnat qilib, universitetning kirish zallari va auditoriyalarin har kuni ertalabdan mehr bilan artib, tozalab, professor-o‘qituvchilar va talabalar uchun qulaylik yaratayotgan ozodaligini ta'minlab turadigan ma'sul bo'lgan opa singillarimizni mehnatini baʼzida esdan chiqarib qo‘yamiz.
Hamnafas bo‘lib 10 yildan buyon mehnat qilayotgan Naima Mahamadiyeva, va Hanifa Toymuhamedova o'z ishining jonkuyarlaridandirlar.
Bugun TATU rektori B.Maxkamov shu munosabat bilan Naima Mahamadiyeva va Hanifa Toymuhamedova opalar bilan dildan suhbat qurib ularga minnatdorlik sovg'alarni ulashdilar.
Shu o'rinda "Sizlar borsizlar, biz toza va saramjon dargohda ishlab kelmoqdamiz" deb ta'kidlab o'tdilar.
Ularning bunday ezgu ishlaridan Muhammad al-Xorazmiy nomidagi TATU jamoasi doimo minnatdordir.
Muhammad al-Xorazmiy nomidagi TATU Axborot xizmati