Bir guruh faxriy fuqarolar "Mehnat faxriysi" ko'krak nishoni bilan taqdirlanishdi O‘zbekiston faxriylarining ijtimoiy faoliyatini qo‘llab-quvvatlash “Nuroniy” jamg‘armasi Vasiylik kengashi yig‘ilishining 2023-yil 27-maydagi 23-son bayoniga muvofiq mamlakatimizning turli sohalarida ko‘p yillar davomida halol va samarali mehnat qilgan nafaqa yoshidagi yurtdoshlarimizni, jamiyatda hurmat qozongan shaxslarning bir guruhi “Mehnat faxriysi” ko‘krak nishoni bilan taqdirlandi.
Jumladan, Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti Samarqand filiali Axborot ta'lim texnologiyalari kefedrasi dotsenti Xodjayev Tolib Tohirovich "Mehnat faxriysi" ko'krak nishoni bilan taqdirlandi.
👏Universitetimiz hamda TATU Samarqand filiali jamoasi nomidan Xodjayev Tolib Tohirovichni ushbu yuksak e'tirofga loyiq deb topilganligi bilan tabriklaymiz!