Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida joriy yilning 4 - mart kuni oliy oʼquv yurtlari talabalari bandligini taʼminlash boʼyicha ustuvor vazifalarga bagʼishlangan videoselektor yigʼilishi oʼtkazilgan edi. Unda barcha Oliy oʼquv yurtlari talabalari bandligini taʼminlash boʼyicha ustuvor vazifalar belgilandi. Bugungi kunda ushbu qaror ijrosini taʼminlash maqsadida taʼlim muassasalarda tizimli ishlar amalga oshirilmoqda.
Joriy yilning 17-may kuni Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universitetida oʼtkazilgan yigʼilish ham aynan talabalarni boʼsh vaqtini mazmunli tashkil etish hamda sohaga oid ishlarga yoʼnaltirish maqsadida "Merit Chemicals" MChJ rahbariyati bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.
Yigʼilishda ishlash istagi bor talaba-yoshlar ishtirok etishdi. "Merit Chemicals" MChJ rahbariyati talabalarni oʼz yoʼnalishi boʼyicha ishlashlari toʼgʼrisida tavsiya va takliflar berishdi.