Bugun Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti, Dasturiy injiniring fakulteti tomonidan universitet yosh tadqiqotchilari va doktorantlar uchun “MATLAB Trening” o'quv-amaliy seminari tashkil qilindi.
✅Tadqiqotchilar ushbu seminar davomida Matlab kompleks dasturiy vositasidan foydalanish, matematik kutubxonalar, qatorli ma'lumotlarga ishlov berish va shu kabi qo‘shimcha kutubxonalaridan foydalanish bo‘yicha ko‘nikmalarga ega bo‘ladilar.
📌Seminar 2022-yil 8-10-fevral kunlari soat 10:00 dan 12:00 gacha bo‘lib o‘tadi.