Katta bayram arafasida “Televizion texnologiyalar” fakulteti Telestudiya tizimlari va ilovalari kafedrasida “Toshkentning ulkan yuragi”, “Toshkent –televideniye vatani” nomli hujjatli filmlar namoyishi hamda ularning muallifi, O‘zbekiston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan jurnalist va ommabop “Kultura.uz” internet-resursining bosh muharriri Boris Babayevning master klassi bo‘lib o‘tdi.
Bunday uchrashuvlar Televizion texnologiyalar fakultetida an’anaga aylandi va ushbu master-klassni Telestudiya tizimlari va ilovalari kafedrasi mudiri B.Bazarbayev, katta o‘qituvchi E. I. Xasanova, dotsent I.P. Parmankulov hamda assistent G.X. Tashmuxamedova tashkil qilishdi.
“Toshkentning katta yuragi” filmida O‘zbekiston xalqi Ikkinchi jahon urush yillarida bir yarim million qochoqlar va yetim bolalarni oilalariga qabul qilib buyuk jarosat ko‘rsatganlik haqida bayon etilgan. Ushbu filmning namoyishi talabalarda chuqur taassurot qoldirdi. Boris Raximovich
“Toshkentning katta yuragi” filmi poytaxtimiz va AQSHda bo‘lgan namoyishlarda tomoshabinlar tomonidan iliq kuti olinganligi haqida so‘zlab berdi. Tajribali junralist va hujjatli filmlar muallifi televizion loyihalar va hujjatli filmlarni yaratish, arxivlar bilan ishlash, montaj sirlari haqida uchrashuv ishtirokchilari bilan o‘rtoqlashdi. “Toshkent – televideniye vatani” filmi bilan Boris Babayev yana bir bor hammamizga aynan Toshken masofaga tasvir uzatish bo‘yicha tajribalar Vatani ekanligini eslatdi. B.Grabovskiyning tarixiy tajribalarni o‘tkazilganiga shu yili 90 yil bo‘lgan. Shuningdek, hozirgi vaqtda axborot texnologiyalar rivojlanishi bilan televideniyemiz so‘nggi yillarda o‘zgarganligi haqida talabalarga bayon etildi. Mazkur film 10 yil oldin yaratilgan bo‘lib, 25-daqiqali filmda universitetimiz, uning talabalari hatto rektorimiz – o‘sha paytda katta o‘qituvchi To‘lqin Zokirov Teshabayevni ko‘rish mumkin.
Master-klassda Telestudiya tizimlari va ilovalari kafedrasi mudiri B.Bazarbayev, katta o‘qituvchi E.I. Xasanova, dotsent I.P. Parmankulov, assistent G.X. Tashmuxamedova hamda “Televizion texnologiyalar” yo‘nalish talabalari ishtirok etishdi.