
2025–2028 yillarda amalga oshiriladigan Erasmus+ CBHE dasturi doirasidagi transformativ loyiha —
“Cyber4CA: Markaziy Osiyoning raqamli mehnat bozori uchun kiberxavfsizlik bo‘yicha innovatsion magistratura ta’lim dasturini ishlab chiqish” loyihasi boshlandi!
🇺🇿Ushbu yirik tashabbus Toshkent axborot texnologiyalari universiteti (TATU) tomonidan boshqariladi.
Loyiha grantini Yevropa Ittifoqi tomonidan qo‘llab-quvvatlangan bo‘lib, koordinator – Halimjon Xujamatov.
💡Cyber4CA – bu TATU tomonidan qo‘lga kiritilgan navbatdagi Erasmus+ granti bo‘lib, universitetimizning raqamli ta’lim, xalqaro hamkorlik va innovatsion rivojlanishdagi yetakchiligini yanada mustahkamlaydi.
Konsortsium tarkibi:
🗣Yevropa Ittifoqi universitetlari:
⏺ Universidad Politécnica de Madrid (Ispaniya)
⏺ Buxarest Politehnika Universiteti (Ruminiya)
⏺ Antverpen Universiteti (Belgiya)
⏺ Scuola Superiore Sant’Anna (Italiya)
🗣Markaziy Osiyo universitetlari:
⏺ Toshkent axborot texnologiyalari universiteti – TATU (UZ)
⏺ O‘zbekiston Milliy universiteti – O‘zMU (UZ)
⏺ Menejment va kelajak texnologiyalari universiteti – UMFT (UZ)
⏺ Xalqaro axborot texnologiyalari universiteti – XIITU (KZ)
⏺ Qo‘rqit Ata nomidagi Qizilo‘rda universiteti – KKU (KZ)
⏺ I. Razzakov nomidagi Qirg‘iziston davlat texnika universiteti – KSTU (KG)
⏺ O‘sh Davlat universiteti – O‘shDU (KG)
✅Akademik bo‘lmagan hamkorlar:
⏺ O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi – MHESI (UZ);
⏺“UNICON.UZ” Fan-texnika va marketing tadqiqotlari markazi – UNICON.UZ (UZ);
⏺ Qozog‘iston Fan va oliy ta’lim vazirligi – MSHE (KZ);
⏺ Qozog‘iston axborot xavfsizligi assotsiatsiyasi – KISA (KZ);
⏺ Qirg‘iziston Respublikasi Ta’lim va fan vazirligi – MES (KG).
✅Yetakchi hamkor: O‘zbekiston Respublikasi Raqamli texnologiyalar vazirligi (MDT)
❗️ Loyihaning asosiy maqsadlari:
⏺ CS-integratsiyalangan magistratura dasturlarini yaratish;
⏺ Ilg‘or CyberLabs laboratoriyalarini tashkil etish;
⏺ Akademiya, sanoat va hukumat o‘rtasidagi hamkorlikni mustahkamlash;
⏺ Ta’limni raqamli transformatsiyaga moslashtirish va mehnat bozori ehtiyojlariga yo‘naltirish.
🌍 Cyber4CA loyihasi Yevropa Ittifoqining kiberxavfsizlik strategiyasi, raqamlashtirish, barqaror o‘sish va yangi ish o‘rinlari yaratishga oid Erasmus+ ustuvor yo‘nalishlariga to‘liq mos keladi.