Joriy yilning 12-13 may kunlari Qozog‘istonning Olmota shahrida Markaziy Osiyo universitetlari rektorlarining forumi o‘tkazilmoqda
Mazkur forum Yevropa Ittifoqi oliy ta’lim bo‘yicha Boloniya jarayoni nazorat guruhi a’zolari Chexiya va Qozog‘iston hamraisligida “Markaziy Osiyo mamlakatlarida oliy ta’limning xalqarolashtirish jarayonini kengaytirish” mavzusida bo‘lib o‘tmoqda.
Ushbu forumda Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti rektori B.Maxkamov ham ishtirok etib, universitetning Bolonya jarayoni bo‘yicha kredit ta’lim tizimini O‘zbekistonda birinchi bo‘lib tadbiq etgan OTM sifatida tajriba almashmoqdalar.
Tadbirning birinchi kunida B.Maxkamov texnika yo‘nalishini qamrab olgan Satbayev Universitetiga tashrif buyurib, mazkur universitetda fan va ta’lim sohasida amalga oshirilayotgan ishlar bilan tanishib chiqdilar