MARKAZIY BANKINING MAXSUS STIPENDIYASI UCHUN TANLOV E’LON QILINADI!

  • Asosiy
  • MARKAZIY BANKINING MAXSUS STIPENDIYASI UCHUN TANLOV E’LON QILINADI!

🎓 Iqtidorli talabalar uchun yangi imkoniyat!
O‘zbekiston Respublikasi Markaziy bankining maxsus stipendiya dasturi iqtisodiyot, bank ishi, moliya, yurisprudensiya va axborot texnologiyalari yo‘nalishlarida tahsil olayotgan, yuqori akademik ko‘rsatkichlarga ega, ilmiy-ijodiy salohiyatli va faol talabalarni qo‘llab-quvvatlash maqsadida tashkil etiladi.

💰 Stipendiya miqdori — bazaviy hisoblash miqdorining kamida 3 baravari.
⭐️ Asosiy talablar:
• bakalavriat yoki magistraturaning so‘nggi bosqichida kunduzgi ta’limda tahsil olish;
• yuqori akademik reyting ko‘rsatkichiga ega bo‘lish;
• davlat tilini mukammal bilish;
• rus va ingliz tillarini kamida B2 darajasida bilish;
• belgilangan iqtisodiyot, moliya, bank, IT, yurisprudensiya va boshqa tegishli yo‘nalishlarda tahsil olayotgan bo‘lish.

🏆 Ustunlik beriladi:
• IELTS 7.0 va undan yuqori natijaga ega nomzodlarga;
• ACCA va boshqa xalqaro moliyaviy sertifikatlarga ega bo‘lganlarga;
• Big Data bilan ishlash ko‘nikmasiga ega talabalarga;
• iqtisodiyot, moliya yoki IT yo‘nalishidagi xalqaro va respublika olimpiadalari g‘oliblariga.

💼 Qo‘shimcha imkoniyat: stipendiatlar Markaziy bankning tegishli bo‘linmalarida haftasiga 15 soatdan oshmagan holda amaliyot o‘tash imkoniyatiga ega bo‘ladilar.

📌 Tanlov bosqichlari:
📝 Arizalar: 11-sentabrgacha
🤖 Ariza topshirish: Markaziy bank rasmiy Telegram boti
💻 Test sinovi: 15-sentabr, soat 10:00
🌐 Masofaviy shaklda.
🗣 Xorijiy til bo‘yicha suhbat: 16-sentabr, soat 11:00
Google Meet orqali.
👥 Ekspert guruhi suhbati: 18-sentabr, soat 10:00.
📞 Ma’lumot uchun: (71) 212-60-91


O‘z bilimingiz va salohiyatingizni namoyon eting — Markaziy bank maxsus stipendiyasi sohibiga aylaning!