Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti talaba-yoshlari oʻrtasida 20 noyabr kuni “Tinchlik – eng oliy neʼmat” shiori ostida “Islomda ekstremizm va terrorizmga oʻrin yoʻq” mavzusida maʼnaviy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi. Tadbirda Yunusobod tumani IIB organlari faoliyatini muvofiqlashtirish boshqarmasi Terrorizm va ekstremizmga qarshi kurash boʻlimi boshligʻi, podpolkovnik B.K.Irismetov, shu boʻlim katta tezkor vakili, podpolkovnik A.Q.Nasritdinov, Yunusobod tumani IIB organlari faoliyatini muvofiqlashtirish boshqarmasi 1-sonli IIB voyaga yetmaganlar va yoshlar oʻrtasida huquqbuzarliklar profilaktikasi katta inspektori, mayor Sh.G.Abzalova, Yunusobod tumanidagi Omina jome masjidi imom-xatibi Y.S.Muxitdinov hamda 390 nafardan ortiq talaba-yoshlar ishtirok etdilar.
Tadbir davomida maʼruzachilar tomonidan talaba-yoshlarni turli gʻoyaviy tahdidlardan asrash, ayniqsa, ularda mafkuraviy immunitetni hosil qilish, uni yanada mustahkamlash, turli vositalar orqali qadriyatlarimiz va milliy-diniy anʼanalarimiz, mentalitetimizga yot boʻlgan tushuncha va gʻoyalarning kirib kelishi, tarqalishiga toʻsqinlik qilish, bu borada esa maʼnaviy-maʼrifiy ishlarni zamon talablari asosida tashkil etish, yoshlarimizni turli mafkuraviy xurujlardan himoya qilish, yurtdoshlarimizning hayotga ongli munosabatini shakllantirish, yon-atrofda yuz berayotgan voqealarga daxldorlik hissini oshirish, mamlakatimiz mustaqilligi, tinch va osoyishta hayotimizga xavf tugʻdirishi mumkin boʻlgan kuchlarga qarshi izchil kurash olib borish vazifasi hech qachon oʻz dolzarbligini yoʻqotmasligi taʼkidlandi. Oʻtkazilgan ushbu tadbir “Yoshlar” telekanalining “Davr” axborot-tahlil koʻrsatuvi orqali yoritildi.