👩‍💻 Ma’rifatli ayol – jamiyat tarbiyachisi!

  • Asosiy
  • 👩‍💻 Ma’rifatli ayol – jamiyat tarbiyachisi!

Ilmli va ma’rifatli ayol – bu nafaqat o‘z oilasida farzandlarini mukammal tarbiyalaydigan, balki jamiyat rivojiga ham o‘z hissasini qo‘shadigan shaxsdir. Aynan shunday g‘oyalarni ilgari surgan ochiq ma’rifat darsi Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universitetida qizlar davrasida tashkil etildi.

👥 Ushbu ma’rifat darsida:
✅ Jamiyat va oilada ayollarning o‘rni;
✅ Ilmli ayolning farzand tarbiyasidagi roli va avlod rivojiga hissasi;
✅ Kasb-hunar egallash va ta’lim olish zarurati haqida fikrlar bildirildi.

🗣 Tadbir ochiq muloqot shaklida o‘tkazilib, universitetning 3 nafar ma’rifatli olima ayollari o‘z ilm va hayot yo‘llari bo‘yicha qiziqarli ma’ruzalar bilan ishtirok etdilar. Eng faol talabalarga mehmon spikerlardan esdalik sovg‘alari topshirildi.

✈️@tuituz_official