“Marafon: o‘z startap g‘oyangni yarat” natijalari e’lon qilindi

  • Asosiy
  • “Marafon: o‘z startap g‘oyangni yarat” natijalari e’lon qilindi

“Marafon: o‘z startap g‘oyangni yarat” natijalari e’lon qilindi

10-maydan 15-mayga qadar Toshkent shahrida IT-Park tomonidan hamkorlar: Yoshlar masalalari agentligi, Unical solutions, Eskiz IT-kompaniyasi, Registon IT-maktabi koʻmagida tashkil etilgan “Marafon: O‘z startap g‘oyangni yarat” musobaqasi boʻlib oʻtdi. Tadbir Inkubatsiya markazlari mavjud universitetlar talabalari uchun tashkil etildi.

Marafon davomida ishtirokchilar o‘z startap g‘oyasini yaratish va rivojlantirish, zamonaviy voqelikda to‘g‘ri jamoa tuzish va biznesni boshqarish haqida ma’lumotga ega bo‘ldilar va umuman, IT sohasi bo‘yicha bilimlarga ega bo‘ldilar.

Har bir kun oxirida ishtirokchilarga uy vazifalari berildi. Barcha topshiriqlarni bajargan ishtirokchilar g‘oyalar tanlovida qatnashish imkoniyatiga ega bo‘lib, ular qimmatbaho sovg‘alar va o‘z universitetida inkubatsiya dasturiga taklifnoma hamda sertifikatlarga ega bo‘ldilar.

Marafon g‘oliblari:
1-o‘rin:
• Zero Community jamoasi
• Maxmudova Oysaraxon — loyiha menejeri (TATU)
• Ikramova Azizabonu — raqamli marketolog
• Marufxonov Ismatillo — dasturchi (TATU)

2-o‘rin:
• BookBase jamoasi
• Nortojiev Ulug‘bek — dasturchi (TATU)
• Abrorov Javohir — loyiha menejeri (TIACE)

3-o‘rin:
• “BEKDEV” jamoasi
• Bekzod Xoldarov – veb-dasturchi (TDDU)
• Umarov Shohruxxon – loyiha menejeri (MDIST)

Marafon doirasida talabalar quyidagi mavzular bo‘yicha trening va amaliy mashg‘ulotlarda ishtirok etdilar:
● “Startap nima? Xalqaro tajriba. Startap uchun g‘oyani qanday topish mumkin. Startap yaratish uchun qayerdan ilhom olish mumkin” mavzusida ma’ruza;
● “Jamoa yaratish” mavzusida ma’ruza;
● “Bozor hajmi va maqsadli auditoriya. Raqobatchilar” mavzusida ma’ruza";
● “MVP nima?” mavzusida ma’ruza;
● "Low code, no code" ma’ruzasi bilan;
● “Raqamli marketing asoslari. Kuzatuv ko‘rstakichlari”mavzusida ma’ruza;
● “Unit iqtisodiyot. Startap metriyalari”.