“Maqsadim pul emas, bolalarga yordam berish” – gapirish va eshitishda nuqsoni bor bolalar uchun robotlar yasayotgan o‘zbek yigiti
Nutqida va eshitishda nuqsoni bolalarga yordam berishni o‘z oldiga maqsad qilgan Nodir Kamolov tili chuchuk bolalarning gapirishiga yordam beruvchi robotlar seriyasini kashf qilgan. Biroq yosh ixtirochi Кун.уз muxbiri bilan suhbatda O‘zbekiston sharoitida robototexnikadan daromad ko‘rish qiyin ekanligini aytdi. “Chunki bu yo‘nalishda buyurtma oluvchilar yo‘q”, — dedi u.