Ma’naviyatimiz sarchashmasi

  • Asosiy
  • Ma’naviyatimiz sarchashmasi

Toshkent axborot texnologiyalari universitetida 9 fevral kuni buyuk mutafakkir shoir Alisher Navoiy tavalludining 575 yilligiga bag‘ishlab"Ma’naviyatimiz sarchashmasi, she’riyatimiz dahosi” mavzusida adabiy kecha o‘tkazildi.

Mamlakatimizda amalga oshirilayotgan ma’naviy yangilanishlar jarayonida g‘azal mulkining sultoni Alisher Navoiy hayoti va ijodini chuqur o‘rganish, uning insoniyat taraqqiyotiga qo‘shga olamshumul hissasini keng targ‘ib qilishga alohida e’tibor qaratilmoqda. Shoir asarlarida eng go‘zal va pok tuyg‘ular yuksak maxorat bilan ifodalangan. Buyuk zot yaratgan har bir ijod namunasi o‘sib kelayotgan barkamol avlod dunyoqarashining kamol topishida va yuksalishida muhim o‘ringa ega.

Adabiy kechada O‘zbek va rus tillari kafedrasi tomonidan tayyorlangan "Farxod va Shirin”, "Layli va Majnun” asarlaridan sahna ko‘rinishlari namoyish etilib, Navoiy ijodi bo‘yicha bahru-bayt va shoir g‘azallaridan namunalar tinglandi.

Ma’naviyatimiz sarchashmasi

 

Ma’naviyatimiz sarchashmasi

 

Ma’naviyatimiz sarchashmasi

 

Ma’naviyatimiz sarchashmasi

 

Ma’naviyatimiz sarchashmasi

 

Ma’naviyatimiz sarchashmasi

 

Ma’naviyatimiz sarchashmasi