Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universitetida Yunusobod tuman hokimligi masʼullari, 2-sektor hududidagi tashkilot rahbarlari, xalq taʼlimi tizimidagi xodimlar va mahalla faollari ishtirokida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning 2020-yil 29-dekabrdagi Oliy Majlisga Murojaatnomasi mazmun-mohiyatiga bag‘ishlangan maʼnaviy-maʼrifiy tadbir tashkil etildi.
Tadbirda Muxtorov Saidkarim Saidamirovich – Toshkent shahar Yunusobod tumani prokurori o‘rinbosari, Murodova Matluba Shukurovna – O‘zbekiston Davlat Xoreografiya akademiyasi professori v.B, filologiya bo‘yicha falsafa doktori, Bobur Izzatullayev va Nurali Sheraliyev – Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti professorlari o‘z maʼruzalari bilan ishtirok etib, Prezident Murojaatnomasida taʼkidlangan ustuvor vazifa va maqsadlar mohiyatiga alohida to‘xtalib o‘tdilar.