Joriy yilning 6-iyul kuni Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universitetida “Odam savdosiga qarshi kurashish – barchaning vazifasi” mavzusida ma’naviy-ma’rifiy tadbir o‘tkazildi
Tadbirni Yoshlar masalalari va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha birinchi prorektori D.Yaxshibayev talabalar o‘rtasida turli yot g‘oyalar va tahdidlarga qarshi kurashish, mafkuraviy immunitetni shakllantirish hamda huquqiy madaniyatni yuksaltirishga, odam savdosi – hudud, chegara, millat tanlamaydigan mudhish jinoyatligini, bu juda ko‘p salbiy unsurlarni olib kelayotganligini, terrorizm, giyohvandlik, qurol-yarog‘, odam savdosi, missionerlar nayranglari va bunday illatlar keyingi yillarda odam savdosi bilan bog‘liq jinoyatlar jiddiy tashvish va xavotirlarni keltirayotganligini alohida ta’kidlab o‘tdi.