Malayziyaning MARA Texnologiya Universiteti (UiTM) delegatsiyasi tashrif buyurdi

  • Asosiy
  • Malayziyaning MARA Texnologiya Universiteti (UiTM) delegatsiyasi tashrif buyurdi

🏛Bugun, 19-sentabr kuni Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universitetiga Xalqaro QS reytingda TOP 651–701 o‘rinda turuvchi Malayziyaning MARA Texnologiya Universiteti (UiTM) delegatsiyasi tashrif buyurdi

✅Tashrif doirasida Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti va MARA Texnologiya Universiteti (UiTM) o‘rtasida o‘zaro anglashuv memorandumi imzolandi.
Ushbu memorandumga asosan, universitetlar o‘rtasida hamkorlikni o‘rnatish, xususan, talabalar va professor-o‘qituvchilar o‘rtasida almashinuv dasturini yo‘lga qo‘yish, xalqaro konferensiya va treninglarni birgalikda amalga oshirish, ilmiy tadqiqot loyihalarini amalga oshirish va boshqa yo‘nalishlarda hamkorlik qilishga kelishildi.