Malayziya ta’lim va texnologiya sohasi vakillari TATUga tashrif buyurdi

  • Asosiy
  • Malayziya ta’lim va texnologiya sohasi vakillari TATUga tashrif buyurdi

Malayziya ta’lim va texnologiya sohasi vakillari TATUga tashrif buyurdi

🏛 Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universitetiga Universiti Teknologi PETRONAS (UTP), IEG Campus hamda TechImpact.AI platformasi vakillaridan iborat delegatsiya tashrif buyurdi.

👥 Uchrashuv davomida TATU va xorijiy hamkorlar o‘rtasida oliy ta’lim, ilmiy tadqiqot, sun’iy intellekt, raqamli transformatsiya va innovatsiyalar yo‘nalishlarida hamkorlikni rivojlantirish masalalari muhokama qilindi.

☑️ Xususan, qo‘shma ta’lim dasturlarini yo‘lga qo‘yish, AI sohasida malaka oshirish, raqamli iqtidorlarni rivojlantirish hamda “Uzbekistan AI Lab” loyihasini amalga oshirish imkoniyatlari yuzasidan fikr almashildi.

♻️ Shuningdek, delegatsiya uchun universitet bo‘ylab campus tour tashkil etilib, ularga TATUda yaratilgan zamonaviy sharoitlar, o‘quv va laboratoriya infratuzilmasi hamda xalqaro hamkorlik loyihalari tanishtirildi.