Malakaviy (ishlab chiqarish) amaliyoti – nazariya va amaliyot uyg‘unligi

  • Asosiy
  • Malakaviy (ishlab chiqarish) amaliyoti – nazariya va amaliyot uyg‘unligi

Malakaviy (ishlab chiqarish) amaliyoti – nazariya va amaliyot uyg‘unligi

2025–2026-o‘quv yili o‘quv jarayoni grafigiga muvofiq, universitetimizning 3-bosqich talabalari malakaviy (ishlab chiqarish) amaliyotini o‘tamoqdalar.

AKT sohasida iqtisodiyot va menejment” fakultetining AKT sohasida iqtisodiyot va menejment, Elektron tijorat, Raqamli iqtisodiyot va Logistika injiniringi ta’lim yo‘nalishlari talabalari davlat va xususiy tashkilotlarda amaliyot o‘tash orqali nazariy bilimlarini amaliyot bilan mustahkamlamoqdalar.

Amaliyot jarayoni talabalarga kasbiy tajriba orttirish, zamonaviy ish jarayonlari bilan tanishish hamda mustaqil fikrlash va jamoada ishlash ko‘nikmalarini rivojlantirish imkonini bermoqda.

Malakaviy (ishlab chiqarish) amaliyoti — malakali va raqobatbardosh mutaxassislarni tayyorlashdagi muhim bosqichdir.