TATU professor-o’qituvchisi Xitoy universitetida malaka oshirmoqda

  • Asosiy
  • TATU professor-o’qituvchisi Xitoy universitetida malaka oshirmoqda

Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti, Telekommunikasiya injiniringi kafedrasi assistenti Muzafarov Farruh, Xitoy Xalq Respublikasining Telekommunikasiya sohasida yetakchi universitetlaridan biri hisoblangan Chonchin Pochta va Telekommunikasiyalar universitetiga “Skilled Talents in Communication Industry at CQUPT” (“Telekommunikasiya sohasida iqtidorli kasb egalarini malakasini oshirish”) mavzuida o’quv kursida malaka oshirmoqda. Malaka oshirish davomida Xitoyning yetakchi Telekommunikasiya qurilmalarini ishlab chiqaruvchi Huawei, ZTE kabi kompaniyalarining eng so’nggi texnologiyalar asosida jixozlangan laboratoriyalarini chuqur o’rganish jumladan, Konvergent tarmoq va Internet xizmatlari, Mobil tarmoqlar uchun yangi texnologiyalar va xizmatlar, Simsiz uzatish tarmoqlari, Ma’lumot uzatish tarmoqlari kabi yo’nalishlardagi ilg’or texnologiyarni o’zlashtirishi ko’zda tutilgan. Shuningdek, universitetning ta’lim tizmi, ilmiy-tadqiqod markazi faoliyati, TATU va CHPTU o’rtasida dastlabki hamkorlikni o’rnatish kabilarni amalga oshirish kutilmoqda.