ℹ️ Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universitetida Ozarbayjonning yetakchi "Report" axborot agentligi direktori va bosh muharriri Fuad Guseynaliev ishtirokida maxsus mahorat darsi tashkil etiladi.
🌐 Tadbir davomida zamonaviy media, axborot sohasi, jurnalistika va xalqaro tajriba bilan bog‘liq muhim masalalar yuzasidan fikr va tajriba almashiladi. Ishtirokchilar soha mutaxassisining professional faoliyati va amaliy tajribasi bilan yaqindan tanishish imkoniyatiga ega bo‘ladilar.
🗓 2026-yil, 26-avgust
⏰ Soat: 15:00
📍 Manzil: TATU, A-318 xona
✨ Barchangizni mazmunli va foydali uchrashuvga taklif qilamiz!