Magistraturaga qabul bo‘yicha rad etilgan arizalarni tahrirlash mumkin

  • Asosiy
  • Magistraturaga qabul bo‘yicha rad etilgan arizalarni tahrirlash mumkin
2026/2027-o‘quv yili uchun davlat oliy ta’lim tashkilotlari magistraturasiga qabul bo‘yicha my.edu.uz elektron tizimi orqali yuborilgan arizalar ko‘rib chiqildi.



Ayrim arizalar mutaxassislikning mos yoki turdosh emasligi, xorijiy til sertifikati yoki SAT sertifikatining talabga javob bermasligi, hujjatlarning noto‘g‘ri, to‘liq yoki sifatsiz yuklanganligi hamda boshqa sabablarga ko‘ra rad etilgan.

🟪Arizasi rad etilgan talabgorlarga 26-avgust kuni soat 14:00 ga qadar my.edu.uz tizimi orqali arizalarini qayta tahrirlash va aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish imkoniyati beriladi.

❗️Muhim: 26-avgust soat 14:00 dan so‘ng arizalarni tahrirlash imkoniyati berilmaydi. Kamchiliklari belgilangan muddatda bartaraf etilmagan arizalar ko‘rib chiqilmaydi.

☝️Eslatma!

❌Xorijiy tilni bilish bo‘yicha talab etilgan milliy yoki xalqaro sertifikatga ega bo‘lmagan yoxud mavjud sertifikati belgilangan talabga javob bermagan talabgorlarga arizalarini qayta tahrirlash tavsiya etilmaydi.

🚫Bunday holatda qayta tahrirlangan arizalar ham ko‘rib chiqilmaydi.